Dunyoda parol uchun ishlatiladigan eng mashhur so‘z aniqlandi

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘yicha foydalanuvchilarning parollarida eng ko‘p uchraydigan so‘z “Love” bo‘ldi. Bu haqda internetga sizib chiqqan yirik hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, “Kasperskiy laboratoriyasi” xabar berdi.

“Eng keng tarqalgan raqamlar kombinatsiyasi – 12345. Sizib chiqqan barcha parollarning 10 foizi nafaqat raqam, balki 1990 dan 2025 yilgacha bo‘lgan sanalarga o‘xshash sonlarni o‘z ichiga olgan. So‘zlar orasida esa “Love”dan tashqari mamlakat nomlari va ismlar ham tez-tez uchradi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya, shuningdek, parolning “umr davomiyligi” to‘rt yildan oshmasligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ushbu yil sizib chiqqan parollarning 54 foizi ilgari internetga tarqalgan ma’lumotlar bazalarida ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google kompaniyasi yil yakunlarini sarhisob qilib, 2025 yilning eng mashhur so‘rovlari hamda eng ko‘p qidirilgan shaxslarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, bu yil Google’da eng ko‘p izlangan so‘z Gemini bo‘lgan – bu Google ishlab chiqqan sun’iy intellekt xizmati. Ikkinchi o‘rinda “Hindiston – Angliya” so‘rovi turadi. Gap ikki davlat terma jamoalari o‘rtasidagi kriket bo‘yicha o‘yinlar seriyasi haqida ketmoqda. Uchinchi o‘ringa esa Charli Kirk nomi chiqqan – u joriy yilning 10 sentyabr kuni ommaviy tadbir chog‘ida otib o‘ldirilgan yosh amerikalik siyosatchi edi.


Maqola muallifi

Teglar

parol Love

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar