Dunyodagi eng katta o‘rgimchak to‘ri topildi (video)

Bu qiziq

image

Gretsiya va Albaniya chegarasidagi sulfidli g‘or ichida ulkan yer osti o‘rgimchak koloniyasi va gigant qo‘shma to‘r topildi. Bu haqda “Live science” xabar berdi.

Qayd etilishicha, dunyodagi eng katta o‘rgimchak to‘ri 100 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi. G‘orga kirishdan oldin taxminan 50 metr naridagi hudud doimiy qorong‘u, yo‘lak tor va past, tubi esa sulfidga boy daryo bilan qoplangan. Ba’zi to‘r qismlari ipak va o‘rgimchaklar og‘irligidan devordan ajralib tushgan.

Daxshatli manzara ortidagi o‘rgimchaklar esa unchalik ulkan emas. Aslida, bu to‘rni to‘qigan o‘rgimchaklar bir nechta turdan iborat bo‘lib, avlodlar davomida birgalikda haqiqiy yerosti qal’asini barpo etishgan.

Eng ko‘p turi Tegenaria domestica (Uy o‘rgimchagi) – soni taxminan 69 100 tani tashkil qiladi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, Tegenaria domestica ko‘pincha insonlarga yaqin joylarda yashaydi. Ushbu o‘rgimchak turi Bolqon g‘orlarida tabiiy ravishda uchraydi. Odatda o‘rgimchaklar alohida-alohida to‘r quradi, lekin bu safar bir nechta o‘rgimchak bir joyda yashab, katta qo‘shma to‘r barpo qilganini ilk bor ko‘rish mumkin. 

Ularning boshqa turdosh sheriklari taxminan 42 400 ta Prinerigone vagans. Bu tur T. domestica’dan kichikroq va yorug‘lik yo‘qligi tufayli T. domestica’ning yirtqich instinktlari ishga tushmaydi, shuning uchun ham ular bir g‘orda tinch yashay oladi. Prinerigone vagans ilgari koloniyalar hosil qilgani kuzatilmagan. 

Koloniya juda zich bo‘lib, har bir kvadrat metri bir necha yuzdan bir necha minggacha o‘rgimchaklar bilan qoplangan. Jami 110 000 ta o‘rgimchak mavjud. Shunday bo‘lsa-da, ularning soni o‘zlarining o‘ljalaridan kamroq. Ular yirtqich bo‘lgani sababli, eng ko‘p o‘lja mavjud bo‘lgan joylarda to‘planadi. Har bir o‘rgimchak uchun 200 dan ortiq kichik chironomid militsalari mavjudligi aniqlangan. Tanytarsus albisutus turidagi mayda hashorotlar (jami 2 mln 414 ming 440 individ) Sulfur Cave’dagi attercop koloniyasini oziqlantiradi.

Gigant va zich o‘rgimchak to‘ri g‘or tubidagi sulfidli daryo ustida joylashgan. G‘orning bu qismiga quyosh nuri tushmaydi, bu esa quyoshsiz rivojlanadigan noyob ekotizimni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Vayoming shtatida Chikago universiteti olimlari 66 million yil avval yashagan Edmontosaurus annectens turiga mansub ikki dinozavr qoldiqlari topilgan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gretsiya Albaniya o'rgimchak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing