Dunyoning eng qimmat futbol klublari e’lon qilindi
Sport
−
26 dekabr 2897 1 daqiqa
Transfermarkt dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini jamoalarning umumiy bozor qiymati asosida yangiladi. Unda “Real Madrid” klubi dunyoning eng qimmat futbol klubi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatda “Real Madrid” yetakchilik qilmoqda. Klubning tarkibi 1,38 milliard yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinni Londonning “Arsenal” klubi 1,29 milliard yevro bilan egallagan.
Uchinchi o‘rinda “Manchester Siti” va “Pari Sen-Jermen” klublari turibdi. Bu har ikkala klubning tarkibi 1,19 milliard yevroga baholangan. Reytingning kuchli oltitaligidan “Chelsi” va “Barselona” ham joy olgan.
Alohida e’tibor “Nottingem Forest” klubiga qaratiladi. Premer-liganing joriy mavsumida 17-o‘rinda turganiga qaramay, Transfermarkt ro‘yxatida uning umumiy tarkibi 620 million yevro bilan 13-o‘rinni egallagan.
Dunyoning eng qimmat 10 ta futbol klubi:
1.“Real Madrid” – 1,38 mlrd yevro;
2. “Arsenal” – 1,29 mlrd yevro;
3. “Manchester Siti” – 1,19 mlrd yevro;
4. “Pari Sen-Jermen” – 1,19 mlrd yevro;
5. “Chelsi” – 1,18 mlrd yevro;
6. “Barselona” – 1,12 mlrd yevro;
7. “Liverpul” – 1,04 mlrd yevro;
8. “Bavariya” – 981 mln yevro;
9. “Tottenxem” – 879 mln yevro;
10. “Manchester Yunayted” – 719 mln yevro.
Live
Barchasi