Dunyoning yetakchi institutida O‘zbekiston burchagi tashkil qilindi
Jamiyat
−
14:17 746 1 daqiqa
Dunyoning birinchi raqamli oliy ta’lim dargohi – Massachusetts Institute of Technology (MIT) markaziy Hayden kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus kitob burchagi “Uzbek Books Collection Corner” tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Mazkur burchakda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari, Yangi O‘zbekiston tarixi, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri, shuningdek, boy madaniy va ma’naviy merosimizni yorituvchi 120 dan ortiq ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar jamlangan.
Qayd etilishicha, ushbu to‘plam MIT kutubxonasida xorijiy davlatlarga oid eng yirik jamlanmaga aylangan.
Ma’lumot uchun, Massachusetts Institute of Technology – AQSHning Massachusets shtati, Kembrij shahrida joylashgan, 1861 yilda tashkil etilgan dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri. U asosan muhandislik, texnologiya, sun’iy intellekt, fizika, matematika, iqtisod va tadbirkorlik sohalarida yetakchi hisoblanadi. MIT ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va startaplar bilan mashhur bo‘lib, uning bitiruvchilari va professorlari ko‘plab Nobel mukofotlari sohibi bo‘lgan.
Live
Barchasi