Durdona Hakimovaning xonadoshi qotillikdan so‘ng bedarak yo‘qoldi (video)

Olam

image

Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayol Durdona Hakimova o‘ldirilib, jasadi boshsiz holda chiqindi konteyneriga tashlab ketilgani haqida xabar berilgan edi. Istanbulda marhuma bilan bir uyda yashagan 32 yoshli ayol qotillik kunidan buyon topilmayapti. Bu haqda Turkiyadagi o‘zbek ayollarining huquqlarini himoya qilish jamiyati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Ergashaliyeva Sayyora Bahromjon qizi 2025 yil 28 dekabr kuni Turkiyaga ishlash maqsadida borgan. Qizidan xabar ololmayotgan ota-ona uni topish umidida Turkiyaga uchib borgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, qizi bilan oxirgi marta qotillik sodir bo‘lgan kun – 23 yanvardan bir kun oldin gaplashgan. Shundan keyin esa aloqa uzilgan.

Jamiyat xabarida aytilishicha, advokatlarning professional va shoshilinch sa’y-harakatlari natijasida tergov ishlari jadallashtirilib, ikkinchi jinoyat ehtimoli yuzasidan DNK tahlillari, shuningdek, hodisa joyini batafsil ko‘zdan kechirish kabi muhim tergov harakatlari amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulda o‘ldirilgan ayolning jasadi bo‘laklari topilgani hamda jasadning O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilingan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qotillik Durdona Hakimova xonadoshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing