Ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi. Bu haqda bugun, 4 may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 1143-sonli qonunida so‘z boradi.

Ushbu hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi belgilandi.

Unga ko‘ra, daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning 3 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Suvlarni ifloslantirganlik, shuningdek suv ob’ektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining 10 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ularga biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning 5 baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

moliyaviy sanktsiya Ekologik huquqbuzarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing