“El-Klasiko”dan so‘ng g‘alabalar bo‘yicha qaysi jamoa ustunlik qilmoqda?
Sport
−
27 Oktabr 4235 1 daqiqa
Kecha, 26 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasidagi “El-Klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. Madridning “Santyago Bernabeu”da o‘tkazilgan mazkur o‘yinda “Real Madrid” kichik ustunlikda “Barselona”ni mag‘lub etdi – 2:1.
Dastlab, bellashuvning 22-daqiqasida “qaymoqranglilar” hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi. 38-daqiqaga kelib esa, Arda Gyulerning qo‘pol xatosidan so‘ng Fermin Lopes oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
O‘yin taqdirini esa to‘qnashuvning 43-daqiqasida kiritilgan Jud Bellingemning goli hal qildi.
Mazkur to‘qnashuv “El-Klasiko” doirasidagi 262-o‘yin bo‘ldi. Ushbu bellashuvlarning 106 tasida “qirollik klubi”, 104 ta bahsda esa “ko‘k-anorranglilar” g‘alaba qozongan. 52 ta to‘qnashuvda esa jamoalar kuchi teng kelgan. To‘plar nisbati esa 436:445 – “Real” foydasiga.
Shu tariqa, “Real Madrid” o‘zaro to‘qnashuvlardagi ustunlikni saqlab qoldi.
Jahongir Inomjonov