Endi amaldorlar qamoqxonaga ekskursiyaga olib boriladi

Olam

image

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga tergov xonalari, jinoyatchilar saqlanadigan kameralar, mahbuslarning panjara ostidagi sayrgohlari ko‘rsatiladi. Bu haqda mamlakat Antikorrupsiya xizmati rasmiy vakili Arman Tleukenov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Antikorrupsiya xizmati xodimlari profilaktika maqsadida davlat xizmatchilari uchun muntazam ravishda tergov izolyatorlariga ekskursiyalar uyushtiradi. Bundan ko‘zlangan maqsad davlat xizmatchilari ongida korrupsiyaga qarshi fikrni mustahkamlash va halollikka o‘rgatishdir. Tergov izolyatorlariga borgan amaldorlar qamoq ortidagi hayot qanchalik og‘irligini his qiladi va nopok ishlari ortidan qanday jazoga tortilishini o‘ylab ish qiladi.

"Poraxo‘rlik jinoyati uchun Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksida yirik miqdordagi jarimadan tashqari, mol-mulki musodara qilingan holda 15 yilgacha qamoq jazosi ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, korrupsiyaga aloqador huquqbuzarliklar uchun harbiy unvon, davlat mukofotlaridan, shuningdek, davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilish kabi tegishli choralar belgilangan", deb eslatadi Arman Tleukenov.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston davlat xizmatchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made