Endi banklar karta hisobi nolga tushguncha pul yechib olmaydi 

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda banklar plastik kartadan avtomotik tarzda pul yechib olishi uchun kartada kamida 1 236 000 so‘m qolishi kerak. Yangi tartib joriy yilning 15 aprelidan boshlab kuchga kirgan. Bu haqda “Axborot” dasturida xabar berildi.

Unga ko‘ra, karta hisob varaqlarida minimal kamaytirilmaydigan qoldiq belgilandi. Bu qoldiq miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravariga teng bo‘lib, hozirgi hisob-kitobga bo‘yicha 1 mln 236 ming so‘mni tashkil etadi. Yangi tartibning asosiy mazmuni shundaki, mijozlar kartasidan mablag‘ yechib olish yoki boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganda ushbu belgilangan minimal summa hisobda doim saqlanib qoladi. Ya’ni, karta balansi endi to‘liq nolga tushirilmaydi, unda har qanday holatda ham kamida 1 236 000 so‘m qoladi.

Shu bilan birga, operatsiyalar faqat ushbu chegaradan ortiq bo‘lgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Masalan, agar kartadagi umumiy mablag‘ 2 million so‘m bo‘lsa, mijoz kartasidan faqat 764 000 so‘mgacha yechib olishi mumkin, chunki qolgan qismi minimal qoldiq sifatida saqlanadi.

Qayd etish joiz, bu cheklov bo‘yicha hali aniq huquqiy asos, ya’ni qonun, qaror yoki tasdiqlangan nizom ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda nafaqa pullaridan kredit qarzdorligini undirish taqiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

plastik karta bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing