Endi davlat xizmatchilari milliy libosda yurishadi. Qirg‘izistonda!

Olam

image

Qirg‘izistonda amaldorlar yangi “milliy forma” kiyishni boshlashi mumkin. Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev Madaniyat vazirligiga milliy uslubdagi forma dizaynini ishlab chiqishni topshirdi. Buni u Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida muhokama qildi.  

Qosimaliyevning ta’kidlashicha, kelajakda davlat xizmatchilari milliy uslubdagi maxsus forma kiyishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, issiq yoz oylarida ularga galstuk va kostyumsiz ishlashga ruxsat beruvchi farmon ham chiqarilgan. Biroq protokol tadbirlari va xalqaro uchrashuvlar uchun belgilangan dress-kod o‘zgarishsiz qoladi. 

“Bu qaror xodimlarga qulaylik yaratish, shuningdek elektr energiyasini tejashga qaratilgan. Ba’zan xodimlar kostyum va galstukda issiqdan qiynalib, ish xonalarida konditsionerlarni eng yuqori quvvatda ishlatishga majbur bo‘ladi. Biroq bu davlat xizmatchilariga konditsionerdan foydalanish taqiqlanadi degani emas”, degan Mahkama raisi.

Qosimaliyevning qo‘shimcha qilishicha, keyingi yig‘ilishlarga amaldorlar pidjaksiz ham kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ham davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston davlat xizmatchilari Odilbek Qosimaliev milliy forma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing