Qamchibek Tashiyevning ishi sudga oshirildi

Olam

image

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasini tasdiqladi. Bu haqda advokat Ikromiddin Aytqulov ma’lum qildi

Qayd etilishicha, Qamchibek Tashiyev hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

Advokatning aytishicha, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun Bishkekdagi Pervomay tuman sudiga yuborilgan. Sobiq MXDQ rahbari bilan birga yana 7 nafar ayblanuvchi ham ushbu ish bo‘yicha javobgarlikka tortilmoqda.
Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi maxfiylashtirilgan. Shu sababli sud majlislari yopiq tartibda o‘tkaziladi va tergov hamda sudga oid ma’lumotlarni oshkor qilish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev, sobiq deputat Qurmankul Zulushev va Jogorku Keneshning sobiq spikeri Nurlanbek Shakiyevlarga davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi rasman e’lon qilingandi. Tashiyev o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqidagi xabarlar fonida fuqarolarni qonunga rioya qilishga chaqirib, norozilik namoyishlaridan tiyilishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Qirg'iziston Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing