Endi yo‘llardagi kameralar ham jarima ballari hisoblaydi

Jamiyat

image
3 oyda qancha haydovchi jarima ballari olgani ochiqlandi north_east

3 oyda qancha haydovchi jarima ballari olgani ochiqlandi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab foto va videokameralar orqali aniqlangan qo‘pol qoidabuzarliklar uchun jarima ballari yozilishi boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 oktyabrdagi 676-son qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘llarda o‘lim holatlarining oldini olish maqsadida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.

Bunda jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi orqali foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi joriy yil 1 iyundan kuchga kirgandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6 may kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan jarimalar asosida, avtomatlashtirilgan tartibda inson omilisiz e-jarima moduli orqali hisoblab boriladi.

Qayd etish joiz, qaror bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari yozilmasligi belgilangan edi. Bu masala kameralar qayd etgan qoidabuzarlik vaqtida avtomobil rulidagi shaxsni identifikatsiya qilish imkoniyati yaratilganidan keyin ko‘rib chiqilishi, Ichki ishlar vazirligi hukumatga bu borada xulosa kiritishi kerakligi aytilgandi.

Shuningdek, 12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida keyingi davrda qoidalarni birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.

Haydovchiga jarima balli yozilganidan keyin u 6 oy davomida boshqa qoidabuzarlik sodir etmasa, uning jarima ballaridan 2 jarima balli chegirib tashlanadi.

Haydovchining hisobidagi jarima ballari 12 oy ichida 12 ballga yetib qolsa, tegishli hujjatlar sudga inson omilisiz, avtomatik yuboriladi va haydovchi SMS orqali xabardor qilinadi. Sud bunday haydovchilarni 6 oydan 3 yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etadi.

Quyida ayrim qoidabuzarliklar uchun beriladigan jarima ballari:


Maqola muallifi

Teglar

qoidabuzarlik kamera jarima ballari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing