3 oyda qancha haydovchi jarima ballari olgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning iyun-avgust oylarida 63 974 nafar haydovchi 1 ballgacha jarima ballari olgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 1 iyun – jarima ballari tizimi joriy etilganidan beri 3 oyda haydovchilardan:

  • 5 ballgacha – 4 nafar;
  • 4 ballgacha – 14 nafar;
  • 3 ballgacha – 129 nafar;
  • 2 ballgacha – 4976 nafar;
  • 1 ballgacha – 63 974 nafar haydovchi jarima bali olgan.

Shuningdek, 9 mln 325 ming nafar haydovchi umuman jarima ballari olmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning iyun-avgust oylarida 285 mingdan ortiq {59E-5} aniqlangan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida 167 mingta {59E-5} aniqlangan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qoidabuzarliklar 58 foizga kamayganini anglatadi.

Shuningdek, 2024 yilning iyun-avgust oylarida haydovchilarning aybi bilan 531 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu raqam 338 taga tushgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi joriy yil 1 iyundan kuchga kirgandi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6 may kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan jarimalar asosida, avtomatlashtirilgan tartibda inson omilisiz E-jarima moduli orqali hisoblab boriladi.

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari yozilmaydi. Bu masala kameralar qayd etgan {59E-5} vaqtida avtomobil rulidagi shaxsni identifikatsiya qilish imkoniyati yaratilganidan keyin ko‘rib chiqiladi – Ichki ishlar vazirligi hukumatga bu borada xulosa kiritishi kerak.

Shuningdek, 12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida keyingi davrda qoidalarni birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.

Haydovchiga jarima balli yozilganidan keyin u 6 oy davomida boshqa {59E-5} sodir etmasa, uning jarima ballaridan 2 jarima balli chegirib tashlanadi.

Haydovchining hisobidagi jarima ballari 12 oy ichida 12 ballga yetib qolsa, tegishli hujjatlar sudga inson omilisiz, avtomatik yuboriladi va haydovchi SMS orqali xabardor qilinadi. Sud bunday haydovchilarni 6 oydan 3 yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etadi.

Quyida ayrim qoidabuzarliklar uchun beriladigan jarima ballari:


Maqola muallifi

Teglar

qoidabuzarlik yo'l-transport hodisasi jarima ballari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing