Endi jazosini o‘tagan voyaga yetmagan shaxslar sudlanmagan hisoblanadi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda. Bu joriy yil 23 oktyabr kuni qabul qilingan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs muqaddam sudlanmagan hisoblanadi.

Qayd etilishicha, o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari bundan mustasno.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 4 iyulda kabul qilingan, Senat tomonidan esa 2025 yil 1 avgustda ma’qullangan.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qonun Jinoyat kodeksi jinoiy javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing