Epshteyn ishi: yana 20 ga yaqin qurbon Parij prokuraturasiga murojaat qildi
Olam
−
18 may 2753 1 daqiqa
Amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynning yana yigirmaga yaqin ehtimoliy qurbonlari Parij prokuraturasiga murojaat qildi. Bu haqda RTL telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Parij prokurori Lor Beko Fransiya poytaxti nazorat organiga Jeffri Epshteynning yana 10 ga yaqin ehtimoliy qurbonlari murojaat qilganini aytgan. Yakuniy hisobda, prokurorning so‘zlariga ko‘ra, bunday arizalar soni taxminan 20 taga yetgan.
Hozirgi vaqtda Fransiya prokuraturasi Epshteynning jinoiy faoliyatiga ko‘maklashgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Fransiyadagi odam savdosining ehtimoliy vositachilarini aniqlash maqsadida tergov olib bormoqda.
“Hozirgi bosqichda javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslarning hech biri so‘roq qilingani yo‘q”, deydi prokuror.
Lor Bekoning ta’kidlashicha, ayni paytda tergov harakatlari ehtimoliy qurbonlarning ko‘rsatmalarini yig‘ish va keyinchalik ashyoviy dalillarni o‘rganishga qaratilgan.
Keyinchalik Epshteynning kompyuteridagi ma’lumotlar, uning telefon so‘zlashuvlari mazmuni va manzillar kitobchasi ekspertizadan o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeffri Epshteynning jinoyatlaridan omon qolgan va Roza ismi ostida so‘zga chiqqan o‘zbekistonlik qurbon ilk bor AQSH Kongressidagi tinglovlarda moliyachi uy qamog‘i davrida sodir etgan zo‘rlashlar haqida ommaviy ravishda so‘zlab bergan edi.
Live
Barchasi