Erdo‘g‘an ikki vazirni ishdan oldi
Olam
−
14:49 3482 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yilmaz Tunchni Adliya vaziri lavozimidan, Ali Yerliqoyani esa Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qildi. Bu haqdagi ma’lumot “Resmi Gazete” nashrida e’lon qilingan.
Adliya vazirligida Yilmaz Tunchdan bo‘shagan o‘rinni Istanbul prokurori Akin Gurlek egalladi. Ichki ishlar vazirligining yangi rahbari etib Erzurum viloyatining sobiq gubernatori Mustafo Chiftchi tayinlandi.
“Prezidentimiz janob Rajab Toyib Erdo‘g‘anning farmoni va roziligi bilan 2023 yil 4 iyun kuni boshlagan Ichki ishlar vaziri vazifamni qadrli birodarim Mustafo Chiftchiga topshiraman. Uni tabriklayman va yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilayman. Alloh unga baraka bersin”, deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Ali Yerliqoya.
Ma’lumot uchun, Yilmaz Tunch 2023 yilning 3 iyunidan Adliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning ushbu lavozimni egallashi va iste’fosi Ali Yerliqoyaning Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlanishi va ketishi bilan bir xil kunga to‘g‘ri keladi.