Eron Hormuz yaqinidagi AQSH harbiy kemasiga zarba berdi

Olam

image

Eron harbiy-dengiz kuchlari Amerika va Isroil kemalarining Hormuz bo‘g‘ozi hududiga kirishining oldini oldi. Bu haqda Islom Respublikasi armiyasi matbuot xizmatiga tayanib, IRNA xabar berdi. 

“Islom Respublikasi harbiy-dengiz kuchlari qat’iy va tezkor ogohlantirish bilan dushman Amerika va sionist esminetslarining Hormuz bo‘g‘ozi hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymadi”, deyiladi xabarda.

“Fars” ma’lumotlariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida AQSH kemasiga ikkita raketa borib tekkan. Kemalar Eronning o‘tish taqiqlangani haqidagi ogohlantirishiga e’tibor bermagan. Amerika kemasi hujumdan keyin hududni tark etgan.

AQSH qo‘mondonligi xabar yozilayotgan vaqtda o‘z kemalariga zarba berilgani haqidagi xabarlarni na tasdiqlagan va na inkor etgan. Buyuk Britaniya dengiz savdo amaliyotlari boshqarmasi (UKMTO, Britaniya HDKning Dubaydagi markazi) bugun, 4 may kuni Hormuz bo‘g‘ozi hududida hech qanday hodisa haqida xabar bermagan.

Shu bilan birga, AQSHning yuqori martabali mulozimi “Axios” jurnalisti Barak Ravidga bergan izohida AQSH kemasi raketalar hujumiga uchraganini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp tijorat kemalarini Hormuz bo‘g‘ozi orqali kuzatib borishga qaratilgan “Ozodlik” operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi. Respublikachi ushbu operatsiyani boshlash haqidagi qarorni “insonparvarlik akti” deb atagan.

AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron portlarini dengiz orqali blokada qilishdan tashqari, bugun, 4 maydan boshlab kemalarning bo‘g‘oz orqali o‘tishini ta’minlashni boshlashini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron harbiy kema Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing