Eron MTJ hali mundial uchun viza olmaganini aytdi

Sport

image

Eron terma jamoasi hali Jahon chempionati uchun AQSH vizalarini olmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Taj bayonot berdi.

“Biz yaqin kunlarda FIFA bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazamiz. Ular bizga kafolat berishlari kerak, chunki viza masalasi hanuz hal etilmagan. Hozircha hech kim viza olgani haqida ma’lumot yo‘q, birorta ham viza kelmadi”, dedi Taj IRNA agentligiga bergan intervyusida.

Eron tomoni Tehron va Vashington o‘rtasida davom etayotgan harbiy-siyosiy keskinlik sabab futbolchilar xavfsizligi bo‘yicha ham kafolat talab qilmoqda.

Joriy yilning 30 aprel kuni FIFA Eron terma jamoasi musobaqada qatnashishi va o‘yinlarini AQSHda o‘tkazishini rasman tasdiqlagan edi.

Turnir taqvimiga ko‘ra, eronliklar guruh bosqichida 16 iyun kuni Yangi Zenlandiya, 21 iyun kuni Belgiya bilan Kaliforniyaning Inglvud shahrida, 27 iyun kuni esa, Misrga qarshi Sietlda maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing