Eron delegatsiyasi AQSH bilan muzokaralar uchun Pokistonga bordi – OAV

Olam

image

Eron delegatsiyasi AQSH bilan mojaroni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Islomobodga yetib bordi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, delegatsiyaga Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda parlament spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof boshchilik qilmoqda.

AQSH tomoni muzokaralarida esa vitse-prezident Jey Di Vens ishtirok etishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp uning sammitda qatnashishiga shubha bildirgan edi.

Shuningdek, Tramp muzokaralarda o‘z kuyovi Jared Kushner va maxsus vakili Stiv Uitkoff ham ishtirok etishini aytgan.

Biroq Eron OAVlari bu xabarlarni rad etib, delegatsiya Pokistonga yetib kelgani haqidagi ma’lumotni “yolg‘on” deb atagan.

Manbaga ko‘ra, AQSH Livandagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaguncha, Eron muzokaralar stoliga o‘tirmaydi.

Avvalroq, Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi muzokaralar 10 aprel kuni Islomobodda o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan edi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, ular Pokiston vositachiligida o‘tishi ehtimoli bor, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

8 aprel kuni AQSH Eron bilan ikki haftalik sulhga tayyorligini bildirgan, buning sharti sifatida Hormuz bo‘g‘ozini ochilishi ko‘rsatilgan. Tehron esa bu talabni harbiylar bilan muvofiqlashtirish va texnik cheklovlarni inobatga olgan holda bajarishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroilni “tajovuzkorlar” deb atab, Tehron ulardan yetkazilgan zarar uchun albatta tovon puli talab qilishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pokiston muzokara Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing