Eron Xitoyning bosimi sabab sulhga rozi bo‘ldi – OAV

Olam

image

Eron AQSH bilan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga Pokistonning diplomatik sa’y-harakatlari va Xitoyning Tehronga qilgan bosimi ortidan rozi bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The New York Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pokiston faol ravishda sulhni ilgari surgan, Xitoy esa so‘nggi daqiqalarda Tehronni moslashuvchan bo‘lishga va keskinlikni kamaytirishga chaqirgan. Bundan tashqari, muhim infratuzilmaga yetkazilgan iqtisodiy zarar ham Eronning ushbu qarorni qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Nashrning yozishicha, otashkesim Eronning yangi Oliy rahbari Oyatulloh Mujtabo Xomanaiy tomonidan ma’qullangan. 

Qiziqarli jihati shundaki, bundan uch hafta oldin Tramp Eron “tez orada taslim bo‘ladi” deb bayonot bergan edi, biroq hozir Vashington sulhga rozi bo‘lmoqda. Hozircha Xitoy ushbu muzokaralarga aralashganini rasman tasdiqlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Eron ikki haftalik sulhga erishgandi. Sulhni AQSH Prezidenti Donald Trampning shaxsan o‘zi e’lon qilgan. Shuningdek, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Eron va AQSH rozi bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish “Livanda va hamma joyda” amal qilishi kerakligini aytgan.

Sulh e’lon qilingach, Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi mamlakat urushda “g‘alaba qozonganini” bildirgan. Ularning talqiniga ko‘ra, AQSH Tehron ilgari surgan 10 bandli taklifni qabul qilgan, jumladan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni Eronda qoldirish talabi ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Pokiston Tehron Oyatulloh Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing