Eron va AQSH muzokaralarining ikkinchi raundi boshlanadi

Olam

image

AQSHning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner joriy yilning 27 aprel kuni Pokistonning Islomobod shahrida Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda xabardor manbalarga tayanib, “Axios” jurnalisti Barak Ravid o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab Uitkoff va Kushner pokistonlik vositachilar bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Aroqchi kecha, 24 aprel kuni Eron va AQSH o‘rtasida vositachilik qilayotgan Pokistonga yetib borgan. Shundan so‘ng diplomat Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muhokama qilish uchun Ummon va Rossiyaga tashrif buyuradi.

Biroq kuni kecha Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy 27 apreldagi ehtimoliy uchrashuv haqida tarqalgan xabarlarga qaramay, Eron Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni rejalashtirmayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Aroqchi Islomobodga rasmiy tashrif bilan borgan va Pokiston rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Qo‘shma Shtatlar va Eron muloqotida ilgarilash kuzatilayotganini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing