Eron Jahon chempionatida ishtirok etish uchun shart qo‘ydi
Sport
−
16 mart 9702 1 daqiqa
Agar Eron terma jamoasi o‘yinlari AQSHdan Meksikaga ko‘chirilsa, mamlakat rasmiylari 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “The Wall Street” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Eron sport vaziri Ahmad Donyamali Tehron FIFA bilan guruh bosqichi o‘yinlarini boshqa joyga ko‘chirish masalasini muhokama qilishi mumkinligini aytdi. Ushbu taklif Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi va AQSH ishtirokidagi harbiy mojaro fonida yuzaga kelgan.
Eron avvalroq oliy Rahbar Ali Xomanaiyning vafotidan so‘ng Jahon chempionatidan butunlay chiqib ketishni ko‘rib chiqqan. Biroq, Tehron endi o‘yinlar Meksikada o‘tkazilsa, milliy jamoa ishtirok etishga tayyor ekanini bildirgan, bu esa urush sharoitida sportchilarning xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga “G” guruhiga kiritilgan. Guruh bosqichining uchta o‘yini dastlab AQSHning Inglvud va Sietl shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Live
Barchasi