Eron jamoasi Jahon chempionatida bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chiradi
Sport
−
24 may 2542 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Eron milliy terma jamoasiga 2026 yilgi Jahon chempionati davomida jamoa bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chirishga ruxsat berdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Tojning aytishicha, Jahon chempionatida ishtirok etayotgan barcha jamoalarning bazaviy lagerlari FIFA tomonidan tasdiqlanishi kerak.
“Xursandmizki, FIFA va Jahon chempionati rasmiylari bilan bo‘lgan murojaatlarimiz va uchrashuvlarimizdan so‘ng, jamoamiz bazasini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha so‘rovimiz tasdiqlandi”, dedi Toj.
Ma’lumotga ko‘ra, Eron terma jamoasi Meksikaning Tixuana shahridagi lagerda joylashadi. Bu qaror jamoaga turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan borish imkonini ham beradi.
Eronlik futbolchilar guruh bosqichida AQSH hududida uchta o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan:
- 16 iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi;
- 21 iyun kuni yana shu shaharda Belgiya terma jamoasiga qarshi;
- 27 iyun kuni Sietlda Misr terma jamoasiga qarshi.
Turnir 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi