Eron JCH o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokara boshladi
Sport
−
17 mart 1182 1 daqiqa
Eron futbol federatsiyasi FIFA bilan 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Eronning Meksikadagi elchixonasi xabar berdi.
“Tramp Eron terma jamoasining xavfsizligini kafolatlay olmasligini aniq bildirganligi sababli biz AQSHga bormaymiz. Shu bois FIFA bilan Jahon chempionati o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz”, deya bayonot berdi Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Sport vaziri Ahmad Donyamali mamlakatdagi geosiyosiy vaziyatni inobatga olib, Eron terma jamoasining AQSHdagi turnirda ishtirok etishi qiyinligini ma’lum qilgandi. Biroq AQSH Prezidenti Donald Trampning Eronning turnirda ishtirok etishi noo‘rinligi haqidagi bayonotidan so‘ng Donyamali Eronni Jahon chempionatidagi ishtirokini hech kim taqiqlashi mumkin emasligi aytib chiqdi.
Holat yuzasidan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Vindsor Jon esa Eron terma jamoasi hali ham Jahon chempionatida ishtirok etmaslik haqida OFKni ogohlantirmaganini va ko‘p ehtimol bilan ular mundialga borishini aytib o‘tdi.
Live
Barchasi