Eronda 19 yoshli kurashchi qatl qilindi
Sport
−
23 mart 11829 1 daqiqa
Eronda yoshlar terma jamoasining 19 yoshli kurashchisi Solih Muhammadiyga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi. Sportchi 19 mart kuni Qum shahrida osib o‘ldirilgan. Bu haqda CBS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Muhammadiy ushbu ish bo‘yicha Mehdi Qosimiy va Said Dovudiy bilan birga ayblangan. Ularning barchasi 8 yanvar kuni Qum shahrida bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlar paytida politsiya xodimlariga hujum qilganlikda aybdor deb topilgan. Biroq hukm chiqarish holatlari xalqaro inson huquqlari tashkilotlarida jiddiy shubhalar uyg‘otmoqda.
Sportchining o‘zi jinoyatga aloqadorligini inkor etgan va iqrorlik ko‘rsatmalari qiynoqlar ostida olinganini ta’kidlagan. Huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, sud bu da’volarni tegishli tergov o‘tkazmasdan rad etgan, jarayon esa o‘ta shaffof bo‘lmagan va tezkor tarzda o‘tgan.
Bundan tashqari, murabbiylar va jamoadoshlar voqea sodir bo‘lgan vaqtda Muhammadiy amakisining uyida bo‘lganini da’vo qilgan, biroq bu ko‘rsatmalar inobatga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda joriy yil yanvar oyidagi namoyishlarning uch ishtirokchisi huquq-tartibot idoralarining ikki xodimini o‘ldirganlik uchun qatl etilgan haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi