Eronning bir nechta shahrida portlashlar sodir bo‘ldi

Olam

image

Eronning uchta shahrida portlash sodir bo‘ldi, oqibatda kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eron janubidagi Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan Bandar-Abbos shahrida turar joy majmuasida portlash yuz bergan. Xormozgon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 14 kishi jarohatlangan, to‘rt yoshli qizaloq esa halok bo‘lgan. Hodisaning aniq sababi hozircha tergov qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Moallem bulvari atrofidagi sakkiz qavatli binoda sodir bo‘lgan. Binoning birinchi uch qavati jiddiy zarar ko‘rgan, yuqori qavatlar va qo‘shni uylarning deraza oynalari sinib ketgan. Xormozgon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari zarar ko‘rgan binodagi barcha aholi evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan.

Ahvoz shahrida esa gaz portlashi oqibatida yana to‘rt kishi halok bo‘lgan. OAV xabariga ko‘ra, shahar yong‘in va xavfsizlik xizmati rahbari portlash Kiyenshehr tumanidagi to‘rt xonadonli turar joy binosida sodir bo‘lganini bildirgan. Keyinchalik agentlik qurbonlar soni besh kishiga yetganini aniqlashtirgan. 

Bundan tashqari, Kirmonshoh viloyatidagi Qasr-e-Shirin shahrida ham portlashga o‘xshash ovozlar eshitilgan. Mahalliy hokimiyat bu holatni harbiy mashg‘ulotlar bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon AQSH, Isroil va Yevropa yetakchilarini mamlakatdagi iqtisodiy muammolardan foydalanib, norozilik namoyishlarini qo‘zg‘atishda ayblagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi kuchlar Eron jamiyatini parchalash maqsadida namoyishchilarga turli vositalar taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing