Yozda “Real”dan ketadigan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid” kelayotgan transferlarni moliyalashtirish uchun o‘zining bir nechta futbolchilarini sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda SI nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, himoyachilar David Alaba va Antonio Ryudiger joriy yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida jamoani tark etishi ehtimoli mavjud. Shuningdek, zaxira futbolchilari Dani Sebalos va Gonsalo Garsiyani sotish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Jamoa sardori Dani Karvaxalning kelajagi esa hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Nashrning yozishicha, klub rahbariyati yaqinlashib kelayotgan transfer oynasini “oddiy navbatdagi transfer davri” sifatida baholayotgan bo‘lsa-da, ichki manbalar yangi xaridlarni moliyalashtirish uchun ayrim futbolchilarni sotish zarurligini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, klubda yanada kengroq o‘zgarishlar va hatto sport bo‘limini qayta tashkil etish ehtimoli ham istisno qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng “Real Madrid” bosh murabbiyigini qabul qilib olishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

David Alaba Dani Karvaxal' “Real Madrid” Antonio Ryudiger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing