Falastinlik sobiq futbolchi Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi (video)

Sport

image
G‘azoga ocharchilik yaqinlashmoqda (fotoreportaj) north_east

G‘azoga ocharchilik yaqinlashmoqda (fotoreportaj)

Kecha, 6 avgust kuni Falastin terma jamoasining sobiq futbolchisi Sulaymon al-Obayd Isroil hujumi oqibatida 41 yoshida halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin Futbol Assotsiatsiyasi (FFA) matbuot xizmati xabar berdi.

FFA xabariga ko‘ra, Isroil hujum paytida al-Obayd G‘azo sektorining janubida insonparvarlik yordamini kutayotgan odamlar orasida bo‘lgan. U 2023 yil oktyabrdan beri halok bo‘lgan Falastin futbolining 321-vakiliga aylandi. Sulaymonning rafiqasi, ikki nafar o‘g‘li va uch nafar qizi bor.

Sulaymon al-Obayd 41 yoshda bo‘lgan. U futbolchilik faoliyati davomida Falastin chempionatida, jumladan, G‘azo klublarida to‘p surgan. Falastin terma jamoasi safida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Sobiq futbolchining o‘limiga mashhur fransiyalik afsona Erik Kantona ham munosabat bildirib, G‘azodagi genotsidni keskin qoralagan.

“Isroil hozirgina Rafahda yordam kutib turgan paytda Falastin milliy terma jamoasi yulduzi Sulaymon al-Obaydni o‘ldirdi. U “Falastin Pelesi” deya atalardi. Yana qancha vaqt bu genotsidga yo‘l qo‘yamiz??? Falastinga ozodlik!” deya yozgan u o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoridagi urushi oqibatida kamida 61 258 kishi halok bo‘lgan, 152 045 kishi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektorida oziq-ovqat yuklarini olib ketayotgan gumanitar yuk mashinasining ag‘darilib ketishi oqibatida 20 nafar falastinlik halok bo‘lgandi. Hodisa davom etayotgan gumanitar blokada vaqtida yuz bergan. G‘azo ma’muriyatining ta’kidlashicha, Isroil “ommaviy ocharchilik jinoyatini sodir etish” orqali 2,1 million kishining hayotini xavf ostiga qo‘ygan va oziq-ovqat, dori-darmon va zaruriy buyumlar yetkazib berishga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin G'azo Sulaymon al-Obayd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing