“Tinchlik kengashi” a’zolari AQSHda yig‘iladi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi” shu oy oxirida Vashington shahrida ilk bor yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kengashga G‘azo sektoridagi holatni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Dastlabki yig‘ilish 19 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, biroq sana o‘zgarishi mumkin.

Nashrning yozishicha, ushbu yig‘ilish G‘azodagi holat bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va hududni qayta tiklash uchun mablag‘ yig‘ishga qaratiladi. Uchrashuv Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvidan keyin rejalashtirilgan.

Agar Netanyaxu mazkur yig‘ilishda qatnashsa, bu uning 2023 yil 7 oktyabrdan beri arab va musulmon davlatlari vakillari bilan ilk muloqoti bo‘ladi. Oq uy va AQSH Davlat departamenti mazkur xabarga hozircha izoh bermagan.

Trampning aytishicha, ushbu kengash nafaqat G‘azo, balki boshqa xalqaro mojarolarni hal qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa BMT kabi tashkilotlarning roliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan “Tinchlik kengashi” O‘zbekistonning ta’sischi davlat sifatida a’zoligini rasman tasdiqlagandi. 2026 yil 22 yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida 19 mamlakat vakillari G‘azo sektorida tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida tashkil etilgan “Tinchlik kengashi” Nizomini imzolagandi.

Jamshidbek Amirov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp G'azo Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing