Farg‘onada fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
09:18 1436 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar sifatida ko‘rsatib sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘shtepa tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari xaridorni mazkur xo‘jalikning 3,7 gektar yer maydonini go‘yoki 7 gektar ekanligiga ishontirib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan va evaziga 20 ming AQSH dollari hamda 100 mln so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jalik rahbari kelishilgan pul mablag‘idan 15 ming dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida tadbirkorga hujjatlari bo‘lmagan do‘konni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lan bozor rahbari qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel