Farg‘onada quyuq tuman sabab bir nechta YTH sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
29 noyabr 5161 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 29 noyabr kuni erta tongda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida quyiq tuman tushishi tufayli bir nechta avtomobillar o‘rtasida ayanchli avariya sodir bo‘lgani, qurbonlar ham borligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatning Yozyovon, Oltiariq, Uchko‘prik, Buvayda va Dang‘ara tumani hududlaridan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega A373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida qalin tuman tushib, ko‘rish masofasi qisqargan. Shu sababdan bugun, 29 noyabr kuni bir-nechta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
“Yuz bergan YTH oqibatida transport vositalari shikastlangan, tan-jarohati olgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida qalin tuman sabab 8 ta avtomobil to‘qnashib ketgandi.
Live
Barchasi