Qirg‘izistonga oltin olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining “Vodil-avto” chegara bojxonasida Qirg‘iz Respublikasiga yashirincha oltin quymalarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizilik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi, 30 yoshli shaxs boshqaruvidagi Damas rusumli avtotransport vositasi Qirg‘iz Respublikasiga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan paytda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, quymalarning sof og‘irligi 1 kg 232 gr bo‘lib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida ona va bola noqonuniy oltin quymalarini olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Farg'ona oltin quymalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing