Farg‘onada kartoshkalar ichidan narkotik topildi

3-sahifa

image

Qirg‘izistondan Farg‘ona viloyatiga berib yuborilgan “pochta” ichida narkotik dorilar borligi aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yengil avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. 

Jarayon davomida haydovchiga So‘x tumanidan Farg‘ona shahriga berib yuborilgan 2 dona yuklar ichida kiyimga o‘ralgan hamda oziq-ovqat mahsulotlari ichiga yashirilgan 150 quti noqonuniy dori vositalari borligi aniqlangan.

Tekshiruv vaqtida mazkur dori vositalari 6000 dona “Tawon liar” nomli dori vositasi ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, ushbu dorilarning tarkibidan “Tapentadol” giyohvandlik moddasi topilgan. 

Holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 mingdan ziyod dorini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona kartoshka narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing