Farg‘onadagi sexda yong‘in bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 18 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 15:36 da “112” tizimi orqali viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga shaharning “Tuyagum” mahallasi Oydin ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz berayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:41 da yetib borgan. Yong‘in soat 16:00 da qurshab olinib, soat 16:20 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida xonadonning 120 kvadrat metr, unga tutash poyabzal ishlab chiqarish sexining 120 kvadrat metr hamda chinni buyumlar saqlanadigan omborxonaning 60 kvadrat metr maydonidagi tom qismi, ichki jihozlar va mahsulotlar yonib zararlangan. Tezkor harakatlar tufayli binolarning 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘yliq dehqon bozori hududida ham yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in tsex Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing