Fatining ukasi Yamalning uyida jinoyat sodir etishda gumonlanmoqda – OAV
Sport
−
10 fevral 2151 2 daqiqa
“Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Lamin Yamalning uyida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha klub a’zosi Ansu Fatining ukasi gumon qilinmoqda. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Niderlandiya fuqarosi bo‘lgan bir ayol Lamin Yamalning uyida jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini da’vo qilgan.
Xabarda aytilishicha, voqea joriy yilning 8 fevral kuni sodir bo‘lgan. Qiz Fatining ukasi – Fatino ishtirok etgan tungi klubdagi ziyofatga borgan. Shundan so‘ng davra ishtirokchilari Barselonadagi xonadonlardan biriga yo‘l olgan.
Ayolning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u ertalab yalang‘och holda uyg‘ongan va “noo‘rin teginish” tufayli uyg‘onib ketganini bildirgan. U o‘zini giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan paytda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda hamda shifoxonada tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan.
Dastlabki og‘zaki murojaatida ayol noo‘rin teginishdan so‘ng Fatinoning yuziga shapaloq tushirganini aytgan. Hozircha tergov uning ko‘rsatmalari asosida olib borilmoqda.
Shuningdek, ayol hodisa Lamin Yamalning uyida sodir bo‘lganini iddao qilgan. Biroq, “Barselona” klubi bu ma’lumotni rad etdi.
Politsiya manbalari ham voqea boshqa manzilda yuz bergan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Fatinoning vakillari esa ayolning bayonotlarini yolg‘on deb atab, bildirilgan ayblovlarni qat’iyan rad etgan.
Live
Barchasi