Fransiyada egizaklar sud qilinmoqda. Qotil noma’lum

Olam

image

2026 yilning 9 fevralidan boshlab Fransiyada 33 yoshli egizak aka-ukalar bir nechta jinoyatlarda ayblanib sud qilinmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Prokurorlar hujumlardan birida qaysi egizak o‘q uzganini aniqlay olmayapti. Sababi, aka-ukalarning DNK’si mutlaqo bir xil bo‘lib, qurolda topilgan genetik material ularning qaysi biriga tegishli ekanini aniqlash imkonsiz.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, egizaklar jinoyatchi to‘da a’zolari bo‘lgan va o‘zlarining o‘xshashligidan jinoyatlarni yashirish uchun foydalangan. Ular kiyim-kechak, telefon raqamlari va hujjatlarni tez-tez almashtirib turgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xodimlari ham tepkini kim bosganini aniqlay olmagan. Tergovchilardan biri sudda: “Ularni faqat onasi ajrata oladi”, degan.
Ushbu murakkablikka qaramay sud jarayonining davom ettirilishi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandning Ayutthaya shahrida egizak fil bolalari dunyoga kelgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fil egizaklarining tabiatda tug‘ilish ehtimoli bor-yo‘g‘i bir foizni tashkil qiladi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sud Frantsiya jinoyat egizaklar Qotil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing