Fermerlarga o‘rdak, tovuq va kurka boqishga 14 foizli kredit beriladi
Jamiyat
−
23 mart 2023 5989 1 daqiqa
Fermerlarga o‘rdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, ushbu yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasi qo‘yilgan.
Jumladan, birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qo‘shimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ta’kidlanishicha, tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xo‘jaliklari o‘z ishchilari va ehtiyojmand aholiga o‘n yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirilgan.
Mazkur yig‘ilishda dala chetlariga uzum ko‘chatlari va kadi urug‘larini, tut ko‘chatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Live
Barchasi