Internetda 600 odamni 1 mlrd so‘mga “uxlatganlar” ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlar orqali 600 nafar fuqarolarni aldab, qariyb 1 milliard so‘m pullarini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Telegram va Instagramʼda fuqarolarga kredit limitini naqd pul qilib berishni va’da qilib, ulardan olingan jami 1 milliard 32 million so‘m pullarni o‘zlashtirgan anonim shaxslar Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan. 

Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati “Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi” tezkor xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N. va uning uch nafar sheriklari qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular Telegram messenjeri hamda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida “limitlash xizmati” nomli sahifa ochib, fuqarolarga mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kredit limitlarini naqdlashtirib berishni va’da qilgan.

Shu orqali gumondorlar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik sub’ekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritib, fuqarolardan olingan jami 1 milliard 32 million so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, hozirda fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish choralari ko‘rilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda kiberjinoyatlar soni 68 barobarga ko‘paygani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing