Ford 19,5 milliard dollar zarar ko‘rdi

Olam

image

AQSHning avtomobil giganti Ford Motor kompaniyasi  mashhur F-150 Lightning pikapining ishlab chiqarilishini noma’lum muddatga to‘xtatishi oqibatida 19,5 milliard dollarlik zarar ko‘rdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bunga sabab noto‘g‘ri qaror – kompaniyaning flagman elektromobili, mashhur F-150 Lightning pikapining ishlab chiqarilishi noma’lum muddatga to‘xtatilgani bo‘lgan. Shuncha zararga qaramay, kompaniyaning an’anaviy benzinli yuk mashinalari va yo‘ltanlamas avtomobillarining savdosi yaxshi bo‘lganligi tufayli kompaniya yil yakunlariga ko‘ra, 7 milliard dollar foyda olishni maqsad qilgan.  

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, elektromobillarga bo‘lgan talab AQSHda keskin pasaygan. Avvalroq, 7,500 dollar miqdordagi soliq imtiyozi muddati tugagach, sotuvlar ham keskin tushib ketgandi. Ford’ning elektr mashinalari savdosi uchinchi chorakda 30 foizga oshgan bo‘lsa-da, bu uning AQSHdagi umumiy savdosining atigi 6 foizini tashkil etgan.

Kompaniya F-150 ning yangi avlodi bir marta quvvat olish bilan 700 mil (taxminan 1126 km) masofani bosib o‘tishini va’da qilmoqda. Ford va boshqa yirik avto ishlab chiqaruvchilar bundan avval Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy etilgan qat’iy ekologik qoidalar va ba’zi shtatlarning benzinli avtomobillarni taqiqlash rejalari sababli elektr mashina loyihalariga juda katta mablag‘ kiritgan edi. Biroq, so‘nggi paytlarda aynan shu emissiya qoidalarining yumshatilishi haqida xabarlar tarqaldi, bu esa Ford’ni o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ford va Fransiyaning Renault kompaniyalari kuchayib borayotgan Xitoy elektromobillari raqobatiga qarshi kurashish uchun yirik hamkorlikni e’lon qilgandi.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Ford Motor F-150 Lightning

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing