AQSHda Tramp tasviri tushirilgan tanga chiqariladi

Olam

image

AQSHda mamlakat Prezidenti Donald Tramp tasviri tushirilgan esdalik tangasi chiqariladi. Nafis san’at komissiyasi Oq uyning amaldagi rahbari tasvirlangan tanga dizaynini ma’qullagan. Bu haqda USA Today xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident Donald Trampning portretini 24 karatli oltindan tayyorlangan esdalik tangasida abadiylashtirish rejalashtirilgan.

Esdalik oltin tangasida Oq uyning bosh fotografi tomonidan olingan surat aks ettirilgan bo‘lib, unda Tramp stol ustiga egilib turgan holatda tasvirlangan. Dizayn kecha, 19 mart kuni ma’qullangan.

Alohida ravishda, Moliya vazirligi Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning dizayni Nafis san’at komissiyasi tomonidan yanvar oyidayoq ma’qullangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumati bir sentlik tangalarni zarb etishni to‘xtatgandi. Bu qaror pennining dolzarbligi yo‘qolgani va ishlab chiqarish qimmatga tushayotganligi bilan izohlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp tanga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing