Fransiya chet ellik talabalar uchun o‘qish narxini keskin oshirmoqchi
Olam
−
04 may 1151 2 daqiqa
Fransiyada Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan bo‘lgan chet ellik talabalar uchun o‘qish narxini sezilarli darajada oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat Oliy ta’lim vazirligi “Oliy ta’lim uchun Fransiyani tanlang” nomli yangi rivojlanish strategiyasini taqdim etish chog‘ida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlardan bo‘lgan talabalar o‘qish uchun ko‘proq pul to‘lashlari kerak bo‘ladi. Fransiya Oliy ta’lim vaziri Filipp Baptistning so‘zlariga ko‘ra, chet ellik talabalarning qariyb 90 foizi o‘qish uchun to‘liq miqdorda to‘lov qiladi. Bu davlat strategiyasining bir qismidir.
Rejaga ko‘ra, Yevropadan tashqaridagi mamlakatlardan kelgan talabalarning aksariyati quyidagi miqdorda to‘lov qiladi:
- Bakalavriat uchun: yiliga taxminan 2 895 yevro (hozirgi 178 yevro o‘rniga);
- Magistratura uchun: yiliga taxminan 3 941 yevro (254 yevro o‘rniga).
Oliy ta’lim vaziri Fransiya universitetlarida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar talabalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lov tizimini joriy qilmoqchi. Ushbu tizim 2019 yilda kiritilgan edi, biroq shu paytgacha u katta ta’sir ko‘rsatmagan.
“Universitetlar endi ommaviy ravishda imtiyozlar bera olmaydilar, ular faqat juda o‘ziga xos holatlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Biz fundamental tamoyillarga va so‘nggi yillarda biroz chetlab o‘tilgan qonunga qaytmoqdamiz. Tabaqalashtirilgan to‘lov – bu qoida, imtiyozlar esa istisnodir”, deydi Filipp Baptist.
Live
Barchasi