Fransiyaning yangi Bosh vaziri 1 oyga ham bormadi

Olam

image

Joriy yilning 9 sentyabr kuni lavozimga kirishgan Fransiya Bosh vaziri Sebasten Lekornyu iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Bu haqda BFM Yelisey saroyiga tayanib xabar berdi.

Lekornyu hokimiyatda 27 kun o‘tkazdi, bu Fransiya bosh vazirining eng qisqa muddati edi. Bir kun oldin Lekornyu mamlakatning yangi hukumatiga tayinlovlar haqida e’lon qildi. Avvalgi Vazirlar Mahkamasidagi ba’zi vazirlar, masalan, Ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo va Adliya vaziri Jerald Darmanen o‘z lavozimini saqlab qoldi. Ayrimlari avval Makron hukumatlarida ishlagan, jumladan, yangi mudofaa vaziri Bryuno Le Mer 2017 yildan 2024 yilgacha iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlagan.

Tayinlashlar vazirlarning o‘zlari tomonidan ham, muxolifat tomonidan ham tanqid qilindi. O‘ta o‘ngdagi Milliy ralli partiyasi rahbari Jordan Bardella “fransiyaliklar kutayotgan burilish nuqtasini” amalga oshira olmagan yangi hukumatdan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. Retayo, shuningdek, “va’da qilingan yutuq” yo‘qligidan noroziligini bildirdi.

“France24”ning yozishicha, Lekornyu bosh vazirlik davrida hech qachon fransuz siyosati haqida bayonot bermagan. Uning Milliy Assambleyadagi asosiy nutqi 7 oktyabrga belgilangan edi.

2024 yil yanvarda Elizabet Born bosh vazir lavozimidan ketgach, hukumat rahbari bo‘lgan Gabriel Attal shu yili iyul oyida iste’foga chiqdi. 2024 yilning sentyabr-dekabr oylarida Mishel Barne Fransiya bosh vaziri bo‘ldi. Dekabrda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron markazchi “Demokratik harakat” (MoDem) partiyasi yetakchisi Fransua Bayruni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Lekornyu hukumati ishonchsizlik votumi bilan yuzma-yuz kelgan Fransua Bayrudan so‘ng bosh vazir lavozimini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Jeral'd Darmanen Sebast'en Lekornyu Elisey saroyi Bryuno Le Mer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing