Fransiyaning JCHdagi o‘yini xavf ostida qolmoqda

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli kechikishi yoki vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda “Yahoo Sports” nashri xabar berdi. 

O‘yin joriy yilning 23 iyun kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sinoptiklar o‘sha kuni shaharda havo harorati 33 darajagacha ko‘tarilishi, shuningdek, kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkinligini bildirmoqda.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, agar stadiondan 13 kilometr radiusda chaqmoq qayd etilsa, uchrashuv kamida 30 daqiqaga to‘xtatiladi. Har bir yangi chaqmoq holati esa o‘yinning yana 30 daqiqaga kechikishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi mundialdagi ishtirokini Senegal ustidan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Iroq esa birinchi turda Norvegiyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Hozirda ushbu guruhda Norvegiya va Fransiya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Iroq Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing