Niderlandiya JCH tarixidagi rekordni yangiladi
Sport
−
20:01 4727 1 daqiqa
Bugun, 21 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan Niderlandiya terma jamoasi ikkinchi turda Shvetsiyani yirik – 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa Niderlandiya Jahon chempionatlari tarixidagi rekordni yangiladi. Bu haqda “Squawka” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu g‘alaba niderlandlarning mundiallar guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 18 ta o‘yinga yetkazdi. Bu esa Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Niderlandiya keyingi turda Tunisga qarshi maydonga tushadi. Agar jamoa ushbu uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchramasa, o‘z rekordini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Niderlandiyaning Jahon chempionati guruh bosqichidagi so‘nggi mag‘lubiyati 1994 yilgi mundialda qayd etilgan.
O‘shanda niderlandlar guruh bosqichining uchinchi turida Belgiyaga 0:1 hisobida yutqazgan. Uchrashuvda yagona golni belgiyalik hujumchi Filipp Alber kiritgan. Shu bahsdan keyin Niderlandiya Jahon chempionatlarining guruh bosqichida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari “F” guruhida 4 tadan ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda.
Live
Barchasi