G‘azoda 2 yillik vayronalar ostidan 25 kishining jasadi topildi

Olam

image

Bugun, 26 dekabr kuni G‘azo sektoridagi Xon-Yunus shahrida joylashgan bino vayronalari ostidan chiqarilgan 25 nafar falastinlik dafn qilindi. Ularning orasida bolalar va jurnalistlar ham bor. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xon-Yunusda Isroil havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan Al-Estal oilasining 25 nafar a’zosi bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tgan. Qurbonlarning jasadlari joriy yilning 25 dekabr kuni vayronaga aylangan bino ostidan chiqarib olingan. Halok bo‘lganlarning jasadlari, jumladan jurnalist Xiba al-Abadilniki dafn marosimi uchun “Nosir” shifoxonasi morgidan olib chiqilgan. Ushbu shifoxonada janoza namozi o‘qilgach, marhumlar Xon-Yunus shahri qabristoniga dafn etilgan.

Oila oqsoqollaridan biri Abdulhamid Al-Estalning aytishicha, uy 2023 yil dekabr oyida bombardimon qilingan va shundan buyon oila halok bo‘lganlarning jasadlarini chiqarib ololmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba paytida binoda taxminan 60 kishi bo‘lgan.

“Avval 30 nafar qurbonning jasadi topilgan, kecha esa vayronalar ostidan yana 25 ta jasad chiqarib olindi. Bizning oilamiz qariyb 700 kishini yo‘qotdi, ular orasida bolalar, jurnalistlar va shifokorlar bor”, deydi Al-Estal.

Shu bilan birga, Falastin jurnalistlari kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari Tahsin al-Estal Isroil tomonidan bolalar, ayollar va keksalarni o‘z ichiga olgan 63 kishining ataylab o‘ldirilishini jinoyat deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati “Quyosh chiqishi” (Sunrise) nomli loyiha ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, G‘azo sektori yuqori texnologiyali qirg‘oqbo‘yi megapolis va kurortga aylantirilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jasad G'azo vayrona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing