“Gazprom” O‘zbekistonga gaz eksportini oshirdi
Olam
−
13 yanvar 3355 2 daqiqa
Rossiya gazining Markaziy Osiyodan bo‘lgan iste’molchilari – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga yetkazib berish 2025 yilda 22 foizga oshdi. Bu haqda “Gazprom” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda Markaziy Osiyo va Kavkazortiga eksport hajmi oshgan va "Gazprom" yaqin xorijga ishonchli gaz yetkazib berishda davom etadi. Xususan, kompaniya Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga Rossiya gazini yetkazib berishni 22,2 foizga, Gruziyaga esa 40,4 foizga oshirgan.
O‘zbekiston 2023 yilda “Gazprom”dan gaz sotib olishni boshlab, tabiiy gazning sof importchisiga aylangandi. Yetkazib berish “Markaziy Osiyo – Markaz” magistrali orqali teskari rejimda amalga oshirilmoqda. 2023 yilda “Gazprom” O‘zbekistonga 1,28 milliard kub metr, 2024 yilda esa 5,64 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berdi.
Qozog‘iston Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga Rossiya gazini etkazib berish hajmi 6 milliard kub metrgacha ko‘tarilishi mumkin.
Qirg‘iziston hozirda yiliga taxminan 500 million kub metr gaz iste’mol qilmoqda. Kelajakda quriladigan 2-Issiqlik elektr stansiyasi va “Bishkekselmash” Issiqlik elektr stansiyasiga “Gazprom” bilan 2040 yilgacha tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan.
“Gazprom” Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston, Qo‘stanay va Aqto‘be viloyatlari iste’molchilarini gaz bilan ta’minlashda ishtirok etmoqda, Rossiya gazini yetkazib berish respublikaning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq oshib bormoqda. Qozog‘istonning shimoliy hududlarini gazlashtirish masalasi puxta o‘rganilmoqda.
Live
Barchasi