Germaniyada uchib ketayotgan samolyot havoda portlab ketdi
Olam
−
09:24 8014 1 daqiqa
Bugun, 16 may kuni Germaniya janubi-g‘arbidagi Limburgerxofda (Reynland-Pfals federal yeri) yengil motorli samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda SWR xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot, ehtimol, havoda portlab ketgan. Uning parchalari atrofga sochilib, yaqin atrofdagi uylar ustiga tushgan.
Yong‘in xavfsizligi xizmatining aniqlik kiritishicha, halokat taxminan soat 11:30 da shahar chekkasidagi Maks Plank ko‘chasi yaqinida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot turarjoy binosiga ham tegib ketgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan. SWR nashrining qayd etishicha, halokat joyida juda ko‘p sondagi favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda va samolyot qulagan hudud atrofi o‘rab olingan. Bundan tashqari, voqea joyini havodan turib suratga olish uchun vertolyot ham jalb etilgan.
Hodisa sabablari hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida ikkita kichik samolyot to‘qnashib ketgan edi. Oqibatda har ikki samolyot ham yengil shikastlangan, ammo parvozni davom ettirgan.
Live
Barchasi