Germaniyaliklar JCHni boykot qilishga tayyor – OAV
Sport
−
19 yanvar 2015 1 daqiqa
INSA instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, agar Vashington Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan egallashga qaror qilsa, germaniyaliklarlarning katta qismi AQSHda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini mamlakat tomonidan boykot qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
So‘rovda qatnashganlarning 47 foizi AQSH orolni harbiy yo‘l bilan egallagan taqdirda Germaniya bo‘lajak turnirni boykot qilishi kerak, deb hisoblagan. 35 foiz respondent bunga qarshi ekanini bildirgan, 18 foizi esa aniq qarorga kelmagan.
Joriy yilning 16 yanvar kuni Germaniya Bundestagidagi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqi (CDU/CSU) fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Yurgen Xardt AQSHning Grenlandiyaga bo‘lgan da’volari fonida Jahon chempionatini boykot qilish masalasini muhokama qilishni haddan tashqari keskin chora deb baholagan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida bo‘lib o‘tadi hamda 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Shuningdek, Los-Anjeles 2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH siyosatiga norozilik sifatida turnirni boykot qilish chaqiriqlaridan so‘ng, qariyb 17 ming nafar muxlis Jahon chempionati chiptalarini bir kecha ichida bekor qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi