G‘ijduvon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 noyabr 4206 1 daqiqa
Bugun, 25 noyabr kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga Farhod Umarov yangi rahbar etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Viloyat hokimi Botir Zaripovning “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan Farhod Baqoyevich Umarovni tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori o‘qib eshittirildi.
Ma’lumot uchun, Farhod Umarov mehnat faoliyatini Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji o‘qituvchiligidan boshlab, Buxoro shahar moliya bo‘limi va viloyat moliya boshqarmasidagi rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2015-2017 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2017-2021 yillarda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va 2021-2024 yillarda Vobkent tumani hokimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamoliddin Xojimanov Guliston shahri hokimi lavozimidan bo‘shatildi va uning o‘rniga Farrux O‘ktamjonov tayinlandi.
Live
Barchasi