Google Hind okeanidagi kichik orolda SI data markaz qurmoqchi

Olam

image

Google Avstraliyaning Hind okeanidagi kichik oroli – Rojdestvo orolida (Christmas Island) kuchli sun’iy intellekt data markazini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi hukumat hujjatlari va rasmiylar bilan suhbatlarga asoslanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Google joriy yil boshida Avstraliya Mudofaa vazirligi bilan tuzgan “cloud” hamkorlik shartnomasidan so‘ng ushbu loyiha ustida ish boshlagan.

Orol Indoneziyadan 350 km janubda joylashgan bo‘lib, markaz qurilishi haqidagi rejalar avval ommaga ma’lum qilinmagan. Hozircha uning aniq hajmi, bahosi va foydalanish maqsadlari maxfiy saqlanmoqda.

Harbiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu ob’ekt strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Rojdestvo oroli so‘nggi yillarda Avstraliya mudofaa tizimi uchun Xitoy submarin va dengiz faoliyatini kuzatishda muhim nuqta sifatida ko‘rila boshlagan.

“Reuters”ning yozishicha, Google orol aeroporti yaqinida yer uchastkasi ijarasi bo‘yicha muzokaralarni yakuniy bosqichga yetkazgan. Shuningdek, kompaniya mahalliy konchilik firmasi bilan ob’ektning energiya ta’minoti bo‘yicha bitim tuzmoqda.

Google’ning bosh kompaniyasi – Alphabet Inc – izoh berishdan bosh tortgan. Avstraliya Mudofaa vazirligi ham bu masala yuzasidan sharh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Google

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing